O‘zbekiston tibbiyot sohasida yana bir yo‘qotish
Jamiyat
−
08 Sentabr 2020 19484 1 daqiqa
Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘smirlar va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil etish markazi direktori Ibrohim O‘rinboyev 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
Ibrohim O‘rinboyev 1946 yil 11 dekabrda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1970 yil Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini Toshkent shahar sanitariya-epidemiologiya stansiyasi vrach-epidemiologi sifatida boshlab, qator tizim muassasalarida mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. Jumladan, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari, Jizzax viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kabi lavozimlarda samarali faoliyat yuritgan.
U O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi faxriy unvoniga saozovor bo‘lgan.
QALAMPIR.UZ tahririyati a’zolari marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025