O‘zbekiston tezyurar poyezdlari sonini 10 taga yetkazmoqchi

Jamiyat

image

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (O‘TY) Ispaniyaning “Patentes Talgo SLU” kompaniyasidan yana 4 ta “Talgo-250” tezyurar poyezdini sotib olishni rejalashtiryapti. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

O‘TY O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasi vositachiligida Ispaniya Sanoat, savdo va turizm vazirligida uchrashuvi  tashkil etilgan. Unda FIEM Korxonalarni internatsionalizatsiya qilish jamg‘armasidan 4 ta “Talgo-250” tezyurar elektropoyezdini xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar ajratish masalasini muhokama qilingan.

Uchrashuvda Ispaniya vakillariga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyati va mamlakatda temir yo‘l qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdim etilgan. Xususan, shu kungacha Ispaniyaning “Patentes Talgo SLU” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 6 ta tezyurar elektropoyezd O‘TY tomonidan xarid qilingani ta’kidlangan.

Muzokara yakunlari bo‘yicha tomonlar ushbu masala bo‘yicha ekspertlar darajasida ishlashni davom ettirishga kelishib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

poezd

Baholaganlar

270

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing