O‘zbekiston terrorizm bo‘yicha xalqaro reytingda nechanchi o‘rinda?

Bu qiziq

image

Global terrorizm indeksining (GTI) 2023 yilgi reytingi e’lon qilindi. Mazkur indeksda O‘zbekiston 70-o‘rinda qayd etilgan. Bu haqda tashkilotning rasmiy veb-saytida xabar berildi.

Afg‘oniston terroristik vaziyat bo‘yicha eng og‘ir mamlakat sifatida qayd etilgan. 2022 yilda mamlakatda 633 nafar terakt qurbonlari ro‘yxatga olingan. 

Markaziy Osiyo davlatlarida esa vaziyat ancha yaxshiroq. Tojikiston reytingda 50-o‘rinni egallagan bo‘lsa, O‘zbekiston 70-o‘ringa loyiq ko‘rilgan. Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston esa mos ravishda 93-o‘rinni bo‘lishgan.

Dunyoning Afg‘onistondan boshqa qismida terrorizm qurbonlari soni 4 foizga oshgan. ISHID va uning bo‘linmalari 2022 yilda ketma-ket sakkizinchi yil davomida 21 mamlakatda hujumlar uyushtirgan holda eng halokatli terrorchilik guruhi bo‘lib qolgan.

Sahel dunyodagi terrorizmdan eng ko‘p zarar ko‘rgan mintaqa bo‘lib, Nigeriya va Nigerdagi yaxshilanishlarga qaramay, 2022 yilda sezilarli darajada yomonlashuvni qayd etgan. Burkina-Faso va Malida ham terrorizm qurbonlari soni sezilarli darajada oshgan.

O‘tgan yili terrorizm 6701 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan, bu 2015 yildagi eng yuqori cho‘qqiga nisbatan 38 foizga kam hisoblanadi. 

Iqtisodiyot va tinchlik instituti asoschisi va ijrochi raisi Stiv Killea Terrorizmga qarshi kurashish uchun tizimli yondashuvlar haqida gapirarkan, Ukrainadagi urushga ham to‘xtalib o‘tgan.

“Ukrainadagi mojaro butun dunyo e’tiborini qaratib, terrorizmga qarshi global kurash siyosiy kun tartibida dolzarbligicha qolmoqda. Uning tabiati rivojlanib borar ekan, xalqaro hamjamiyatning munosabati rivojlanishda davom etishi zarur. Bu xotirjamlik uchun vaqt emas va diqqatni yo‘qotish kelajakda terrorizm tahdidining kuchayishiga olib keladi. Terrorizmga qarshi kurash dunyoning qudratli davlatlari umumiy maqsadga ega bo‘lgan sanoqli tarmoqlardan biridir”, deydi u.

Ma’lumot uchun, mazkur indeks 2007 yildan buyon sodir etilgan terakt va halok bo‘lganlar soni bo‘yicha ma’lumotlar asosida hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

IShID xalqaro reyting terrorizm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing