O‘zbekiston terma jamoasi oktyabrda Janubiy Koreya bilan o‘ynaydi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning oktyabr oyida Janubiy Koreya milliy terma jamoaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Fabio Kannavaro boshchiligidagi terma jamoa joriy yilning 6 oktyabr kuni Janubiy Koreya milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv o‘tkaziladigan stadion va boshlanish vaqti keyinroq ma’lum qilinadi.

Mazkur bahs FIFA’ning 21 sentyabrdan 6 oktyabrgacha davom etadigan navbatdagi xalqaro o‘yinlar oynasi doirasida tashkil etiladi.

Bu o‘rtoqlik uchrashuvi O‘zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi 17-o‘zaro uchrashuv bo‘ladi. Jamoalar so‘nggi marta 2018 yil noyabr oyida Avstraliyada o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida to‘qnash kelgan va o‘shanda Janubiy Koreya 4:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Shu kungacha o‘tkazilgan 16 ta o‘yinda Janubiy Koreya 11 marta g‘alaba qozongan, to‘rtta bahs durang bilan yakunlangan. O‘zbekiston esa raqibini faqat bir marta mag‘lub eta olgan.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya terma jamoasi hozircha bosh murabbiysiz qolmoqda. Jamoaning avvalgi ustozi Xon Myon Bo 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin o‘z lavozimini tark etgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing