Janubiy Koreya bosh murabbiyi iste’foga chiqdi

Sport

image

Janubiy Koreya milliy terma jamoasining bosh murabbiyi Xon Myon Bo 2026 yilgi Jahon chempionatidagi omadsiz ishtiroki va jamoaning pley-off bosqichiga chiqa olmagani sababli o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.

“Bugun men Janubiy Koreya erkaklar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ketishga qaror qildim. Koreya futbolini sevadigan va milliy jamoani qo‘llab-quvvatlaydigan barcha muxlislarimizdan uzr so‘rayman. Biz kutilgan natijalarga erisha olmadik va buning uchun to‘liq mas’uliyat bosh murabbiy sifatida mening zimmamda”, dedi Xon Myon Bo.

57 yoshli mutaxassisning Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilgacha amal qilishi kerak edi.

Janubiy Koreya terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichida 3 ochko to‘plab, o‘z guruhida uchinchi o‘rinni egalladi va pley-off yo‘llanmasidan quruq qoldi. Jamoa Chexiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi, Meksika hamda Janubiy Afrikaga esa 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya tarixda Jahon chempionatida 12 marta ishtirok etgan ilk Osiyo davlati hisoblanadi. 2026 yilgi musobaqa ularning ketma-ket 11-Jahon chempionati bo‘ldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing