O‘zbekiston terma jamoasi Andijonda Germaniya jamoasi bilan durang o‘ynadi

Sport

−

image

Kecha, 21 may kuni Andijon shahridagi “Sog‘lom avlod” stadionida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Berlin akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi dastlabki o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan tugadi. O‘yin O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining ustunligi ostida o‘tdi. Terma jamoa bu o‘yinda g‘alaba qozonishi ham mumkin edi. Ammo Jasur Jaloliddinov 22-daqiqada penaltini aniq amalga oshira olmadi.

Endilikda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 23 may kuni  Namanganda Berlin jamoasi bilan yana bitta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
 
O‘zbekiston yo.t.j. - Berlin U-18 1:1 (0:0, 1:1).
Andijon shahri, “Sog‘lom avlod” stadioni.

Gollar: Hojimat Erkinov – Til Mashkovski.

O‘zbekiston yo.t.j.: Abduvaxid Ne’matov, Saidazamat Mirsaidov, Odilbek Abdumajidov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Hojimat Erkinov, Jasur Jaloliddinov, Sunattilla Hamidjonov, Ruslan Roziyev, Diyor Xolmatov, Ulug‘bek Hoshimov, Diyor Rahmonqulov.

Berlin U-18: Florian Xorenbur, Xarit Bakats, Serxat Polat, Hoqon Dundar, Laurens Del, Linus Fuyertenou, Maksi Skinbauyer, Til Mashkovski, Nua Shmits, Berat Erdogan, Mattias Koch.

Amalga oshirilmagan penalti: J.Jaloliddinov (22).


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing