“O‘zbekiston temir yo‘llari” Farg‘ona vodiysiga qo‘shimcha poyezd qatnovini yo‘lga qo‘ydi
Jamiyat
−
21 dekabr 2019
5518Avvalroq, qor ko‘chkisi xavfi tufayli A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tuvchi qismida avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar bergan edik.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga va vodiydan poytaxtga qarab yo‘lga chiqqan yo‘lovchilarni manziliga yetkazish uchun vaqtinchalik qo‘shimcha poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘ydi.
Kompaniya Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Toshkent-Angren-Orzu-Pop-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan mazkur poyezd bugun, 21 dekabr kuni 11:30 da Toshkent Janubiy vokzalidan yo‘lga chiqdi.
LiveBarchasi