“O‘zbekiston temir yo‘llari” chiptalar narxini pasaytirdi

Jamiyat

image

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati chipta narxlarini pasaytirdi. Bunga O‘zbekistonda qo‘shimcha qiymat solig‘i stavkasining pasaytirilishi sabab bo‘ldi, deb xabar berdi kompaniya Matbuot xizmati.

“Joriy, 2019 yil 1 oktabrdan O‘zbekistonda qo‘shimcha qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha kamayganligi sababli chipta narxi mos ravishda pasaytirildi. QQS stavkasining pasayishi “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJning barcha mahalliy va xalqaro poyezdlari uchun komissiya yig‘imiga ham tegishli”, deyiladi kompaniya xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan 1 oktyabrdan QQS stavkasi pasaytirildi. Soliq siyosatida ham ba’zi o‘zgarishlar bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston temir yo'llari chipta narx

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing