O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Ukraina elchisini qabul qildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

2023 yil 2 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Ukrainaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Mikola Doroshenkoni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, qabul davomida turli sohalardagi O‘zbekiston-Ukraina ikki tomonlama hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy yo‘nalishda aloqalarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rish muhimligi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 10 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Ukrainaning mamlakatdagi Favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgandi. Uchrashuv Ukraina Mudofaa vazirligi vakilining amaldagi sanksiya cheklovlarini chetlab o‘tib, O‘zbekistonga mahsulotlar yetkazib berilgani haqida OAVda tarqalgan asossiz bayonoti munosabati bilan o‘tkazilgan edi. Bunga javoban, Ukraina tomonidan OAVda O‘zbekistonga oid noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlangan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing