O‘zbekiston tashqaridan beriladigan “maslahat” va “ko‘rsatma”larga muhtoj emas – ekspert

Jamiyat

O‘zbekiston dunyo miqyosida eng ko‘p terroristik aktlarga uchragan va ularni samarali bartaraf qilib kelayotgan davlat. Mamlakat tashqaridan beriladigan "maslahat" yoki "ko‘rsatma"larga muhtoj emas. Bu haqda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori, siyosatshunoslik fanlari doktori Sayfiddin Jo‘rayev QALAMPIR.UZ’ga bergan intervyusida so‘z ochdi. 

“O‘zbekiston harbiy salohiyat bo‘yicha dunyo reytingida 40-44 o‘rin oralig‘ida turibdi. Dunyoda 208 ta mamlakat bor. Markaziy Osiyoda esa O‘zbekistonning harbiy salohiyati 1-o‘rinda. Buning asosiy sababi nimada? Avvalo, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasi. Qaysi davlatda islohot, iqtisodiyot, barqarorlik bo‘lsa, albatta, bu mamlakat o‘zining xavfsizligini ta’minlash uchun mudofaa sohasiga yetarli darajada mablag‘ ajratib, uni isloh qilishga erishadi”, deydi Jo‘rayev. 

Sayfiddin Jo‘rayevning ko‘p yillik tahlillarga tayanib aytishicha, O‘zbekiston eng ko‘p terroristik harakatlarni ko‘rgan va ularni bartaraf etish borasida yetarli tajriba orttirgan mamlakat sanaladi. 

“Lukashenko bizning qudratimizga ishonmayotgan bo‘lsa, avvalo davlatchiligimizning bunyodkorligiga boqishi kerak. Biz MDH davlatlarining ichida eng ko‘p terroristik harakatlarga duch kelganmiz va doim uni yengib chiqqanmiz.

O‘zbekiston nafaqat mintaqa balki, dunyo tan olgan davlatlar darajasida tajriba va bilimga va eng asosiysi jarayonlarni tahlil qila olish qobiliyatiga ega. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, davlatimizga qandaydir terroristik harakatlar bo‘ladigan bo‘lsa, bunga O‘zbekistonning kuchi ham qudrati ham yetadi. Bunga shubha yo‘q. 

Erishgan yutuqlarimizdan kelib chiqadigan bo‘lsak, tashqaridan beriladigan "maslahat" yoki "ko‘rsatma"larga muhtoj emasmiz. O‘zbekistonning o‘z yo‘li va o‘z strategiyasi bor. Dastlabki terroristik harakatlar bo‘lgan vaqtda KXSHT "O‘zbekistonga bir vagon o‘q jo‘natamiz", deb va’da bergan. Ammo, hali ham o‘sha vagon yetib kelgani yo‘q. Quruq va’da bo‘lgan. Faktlar ham bor. Buni hech kim inkor eta olmaydi”, deydi olim. 

Professor Sayfiddin Jo‘rayev bilan videointervyuni hoziroq yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Sayfiddin Jo'raev

Baholaganlar

253

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made