O‘zbekiston tarixida ilk bor Media Ombudsman lavozimi joriy etilmoqda
Jamiyat
−
18 Sentabr 2019
4586O‘zbekiston tarixida ilk bor Media Ombudsman lavozimi joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan “O‘zbekiston Respublikasi yagona axborot siyosati konsepsiyasi tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan.
Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi yagona davlat axborot siyosati konsepsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi yagona davlat axborot siyosati konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘rinbosari – ommaviy axborot vositalarining qonuniy manfaatlari va huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Media Ombudsman) lavozimini joriy etish hamda Kotibiyat tuzilmasda cheklangan boshqaruv xodimlari soni 2 tadan iborat Ommaviy axborot vakillari qonuniy manfaatlari va huquqlarini himoya qilish sektorini tuzish bo‘yicha taklifiga rozilik beriladi.
Ommaviy axborot vositalarining qonuniy manfaatlari va huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning (Media Ombudsman) asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:
• ommaviy axborot vositalarining mustaqilligini ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining, shuningdek, ommaviy axborot vositalari tomonidan axborot sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi masalalarini amaliy ro‘yobga chiqarishni o‘rganish;
• ommaviy axborot vositalari hamda davlat idoralari, jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal etishda ko‘maklashish;
• ommaviy axborot vositalariga ularning huquqlari poymol etilishi, davlat idoralari tomonidan ular faoliyatiga aralashish holatlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish;
• ommaviy axborot vositalari faoliyatining mustaqilligini yanada ta’minlash, ularning rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.davlat axborot siyosati konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlanadi.
LiveBarchasi