O‘zbekiston Superligasi ilk bor xorijda namoyish etiladi

Sport

image

“Paxtakor” jamoasining Superliga va O‘zbekiston Kubogidagi uchrashuvlarini Iroqda namoyish etish etiladi. Bu haqda “Al Arabiaa Sports” telekanali xabar berdi.

Iroqning sportga ixtisoslashgan telekanali “Paxtakor” ishtirokidagi Superliga va kubok uchrashuvlarni translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritgan. Shu tariqa, tarixda ilk bor O‘zbekiston Superligasi translyatsiya huquqlarining xorijiy telekanallarda ilk bor namoyish etildi.

Translyatsiya sotilganmi yoki boshqa kelishuv asosida berilganmi bu haqda hali rasmiy xabar berilgani yo‘q.

Iroqda “Paxtakor”ning o‘yinlariga qiziqishi so‘nggi vaqtlarda sezilarli darajada oshgan. Bunga klub tarkibida bir nechta iroqlik futbolchining faoliyat yuritayotgani ham sabab bo‘lmoqda. Ayni paytda jamoa safida Ayman Hussayn, Bashar Resan va Zayd Tahsin kabi Iroq terma jamoasi futbolchilari harakat qilmoqda.

Iroqlik futbolchilarning “Paxtakor”da o‘ynashi mahalliy auditoriyaning O‘zbekiston klubiga bo‘lgan qiziqishini oshirgan. Jumladan, Iroqdagi ijtimoiy tarmoq sahifalarida “Paxtakor” ishtirokidagi O‘zbekiston Superligasi uchrashuvlari haqida ma’lumotlar ham tarqatilmoqda.

Ma’lumot uchun, Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Superligada 17 turdan so‘ng 38 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing