O‘zbekiston Superkubogi Qarshiga yo‘l oladigan bo‘ldi (video)
Sport
−
29 may
6478Bugun, 29 may kuni Toshkent shahridagi Bunyodkor stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogining final bahsi bo‘lib o‘tdi. Hal qiluvchi o‘yinda Toshkentning "Paxtakor" klubi Qarshining "Nasaf" jamoasi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Dastlab 54-daqiqada "sherlar" a’zosi Dragan Cheran penaltidan gol urib, hisobni ochgan bo‘lsa, 84-daqiqada "ajdarlar" futbolchisi Sharof Muhitdinov uzoqdan zarba berib, hisobni tenglashtirdi.
Asosiy vaqt durang bilan yakunlangach, bosh hakam Aziz Asimov penaltilar seriyasiga ruxsat berdi. Futbol lotoreyalarida esa qarshiliklarning qo‘li baland keldi.
Shunday qilib, Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari o‘z tarixida uchinchi marta O‘zbekiston Superkubogiga ega chiqdi.
LiveBarchasi