O‘zbekiston “Stranja” turnirini 7 ta oltin medal bilan yakunladi
Sport
−
02 mart 2060 1 daqiqa
Kecha, 1 mart kuni Bolgariyaning Sofiya shahrida 22 fevral kuni start olgan boks bo‘yicha “Strandja” turniri o‘z yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi erkaklar va ayollar toifasida ham yetakchi bo‘ldi.
Mazkur turnirda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi erkaklar va ayollar o‘rtasida ham umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Erkaklar terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 bronza bilan birinchi bo‘lgan bo‘lsa, ayollar jamoasi 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 bronza bilan yetakchilikni qo‘lga kiritdi.
Umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rin Qozog‘istonga, uchinchi pog‘ona bo‘lsa, Ukraina bokschilariga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
- -75 kg. Fazliddin Erkinboyev;
- -85 kg. Akmaljon Isroilov;
- -90 kg. To‘rabek Xabibullayev;
- -48 kg. Sabina Boboqulova;
- -57 kg. Nigina O‘ktamova;
- -65 kg. Navbahor Hamidova;
- -75 kg. Aziza Zokirova.
Kumush medal:
- -80 kg. Javohir Ummataliyev;
- +90 kg. Ozodbek Aliyev;
- -51 kg. Feruza Kazakova;
- +90 kg. Oltinoy Sotimboyeva.
Bronza medal:
- -50 kg. Asilbek Jalilov;
- -70 kg: Shavkatjon Boltayev;
- -85 kg. Norbek Abdullayev;
- -90 kg. Samir Sobirov;
- -48 kg. Farzona Fozilova;
- -80 kg. Ruxshona Parpiyeva.
Live
Barchasi