O‘zbekiston stadionlarida jamoalarni muxlislarning fotolari “qo‘llab-quvvatlaydi”

Jamiyat

image
Futbol klublariga mashg‘ulotlarni boshlashga ruxsat berildi – O‘zPFL north_east

Futbol klublariga mashg‘ulotlarni boshlashga ruxsat berildi – O‘zPFL

Karantin sababli stadionlarimizda muxlislarning o‘rniga ularni fotolari joylashtirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Superliga klublari o‘yinlar davomida futbolchilarni stadionda qo‘llab-quvvatlash uchun chora izlashmoqda. Pandemiya tufayli deyarli uch oylik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston Superligasi o‘yinlari 13 iyundan e’tiboran davom ettiriladi.

Muxlislar stadionga kiritilmaydi. Shu boisdan ayrim klub vakillari turli takliflarni ko‘rib chiqmoqda.

Toshkentning "Bunyodkor" klubi muxlislarning fotolarini stadion o‘rindiqlariga joylashtirib chiqishni rejalashtirmoqda. Klub 10 iyunga qadar muxlislarning suratlarni [email protected] elektron pochtasi orqali qabul qilmoqda.

Jamoasini stadionda o‘ziga xos tarzda qo‘llab-quvvatlashga qaror qilishgan Qarshining «Nasaf» klubi tomonidan ham ushbu chora yo‘lga qo‘yiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Superliga futbol Pandemiya

Baholaganlar

61

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing