O‘zbekiston “Siyosatdagi ayollar” reytingida Top-50 talikka kirdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Parlamentlararo Ittifoqning 2021 yilgi “Siyosatdagi ayollar” jahon reytingida 45-o‘rinni egalladi. Bu haqda Parlamentlararo ittifoq veb-saytida e’lon qilingan statistik ma’lumotlar darak bermoqda.  

Infografikada ayollarning turli mamlakatlar parlamenti va hukumatidagi vakilligi haqida ma’lumotlar mavjud. Unga ko‘ra, O‘zbekiston bu borada 130 dan ortiq davlatlar, shu jumladan, Germaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa mamlakatlarni ortda qoldirgan. 

Shu bilan birga, O‘zbekiston ayollar parlamentni boshqaradigan va hukumat tarkibiga kiradigan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Parlamentlararo ittifoq 1889 yilda yaratilgan bo‘lib, u 179 mamlakat o‘rtasida parlamentlararo muloqot uchun katta maydonchadir. O‘zbekiston unga 1992 yilda a’zo bo‘lgan. Biroq, 2007 yildan Respublikaning ittifoq doirasidagi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan va 2017 yilning oktyabridan davom ettirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

reyting ayol siyosat

Baholaganlar

82

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing