O‘zbekiston Shvetsiyada elchixonasini ochadi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Hukumati tomonidan Shvetsiya Qirolligida O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot kotibi Yusup Qobiljonov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2021 yil aprel oyida ushbu masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori qabul qilindi.

Hukumat qarori bilan shuningdek, Afina shahridagi O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasini yopish to‘g‘risidagi ham qaror imzolangan.

Shu bilan birga, Gretsiya bilan doimiy siyosiy, diplomatik va savdo-iqtisodiy aloqalarni saqlab qolish uchun ushbu mamlakat bilan hamkorlikni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasiga yuklatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Elchixona

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing