O‘zbekiston sayyohlar uchun Wi-Fi sifatini yaxshilaydi
Jamiyat
−
14 avgust 2019
4299O‘zbekistonda mamlakatga kelayotgan sayyohlar uchun simsiz Wi-Fi sifatini yaxshilash rejalashtirilyapti. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan mehmonxonalarni butunjahon Internet tarmog‘iga kirish, jumladan 4 mb/sdan kam bo‘lmagan tezlikdagi simsiz Wi-Fi bilan ta’minlashga doir talablarni kiritish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, hujjatga muvofiq aeroportlar, temir yo‘llari va avtovokzallar hududi ham 4 mb/sdan kam bo‘lmagan tezlikdagi simsiz Wi-Fi bilan ta’minlanadi.
Qayd etilishicha, mazkur qadam turistik “aqlli shahar”ni yaratish bosqichlaridan birinchisi hisoblanadi, bu yerda yuqori texnologiyalar infratuzilma va xizmatlarni yaxshilash hamda mahalliy iqtisodiyotni rag‘batlantirish yo‘lida xizmat qiladi.
LiveBarchasi