O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan o‘ynaydi

Sport

−

image

Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari ishtirokidagi o‘rtoqlik uchrashuvi joriy yilning 17 noyabr kuni Qatarning Doha shahrida Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq, ushbu o‘rtoqlik uchrashuvi Saudiya bo‘lib o‘tishi kerakligi haqida xabar berilgandi. Biroq mamlakatdagi siyosiy vaziyat sabab ushbu o‘yin boshqa davlatga ko‘chirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing