O‘zbekistonlik Sankt-Peterburgdagi shifoxonada vafot etdi

Jamiyat

image

Sankt-Peterburgda yana bir o‘zbekistonlik vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonaga tayanib xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 22 sentyabr kuni Mariya shifoxonasida O‘zbekiston fuqarosi S.S.  vafot etgan. U 21 sentyabr kuni Furshtat ko‘chasida jarohatlangan holda topilgan va shifoxonaga joylashtirilgan edi. Ayni paytda tergov tadbirlari olib borilmoqda. 

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan hamda S.S.ning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanmoqda. 

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati,  urmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49. 


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg

Baholaganlar

55

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing