O‘zbekiston sambo terma jamoasining JCH uchun tarkibi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Joriy yilning 12-14 noyabr kunlari Toshkent shahri sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan sambochilar g‘oliblik uchun kurash olib boradi. 

Roman Shakirov murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ushbu tkrnirda to‘liq tarkibda ishtirok etadi.

Erkaklar:

58 kg: Lutfilla Saydamatov
64 kg: Davlatjon Hamroyev
71 kg: Sarbon Ernazarov
79 kg: Ulug‘bek Rahmonov
88 kg: Ixtiyor Eshmurodov
98 kg: Nodirjon Mirholiqov
+98 kg: Nurbek To‘rayev
Ayollar:

50 kg: Sabina Davlatova
54 kg: Malikabonu Mirzayeva
59 kg: Ibodatxon Agajanova
65 kg: Sarvinoz Esanova
72 kg: Shohista Amirova
80 kg: Madinabonu Salohiddinova
+80 kg: Yulduz Muhammadiyeva
Jangovar sambo:

-58 kg: Bahodir Boqiyev
-64 kg: Oybek Soliyev
-71 kg: Istam Qudratov
-79 kg: Furqat Ro‘ziyev
-88 kg: Sohibjon Hasanboyev
-98 kg: Ro‘zmurod Yo‘ldoshev
+98 kg: Hakimjon Ismoilov

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasida Yekaterina Bliznetsova hamda Jahongir Qoraboyev katta murabbiy sifatida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik sambo ustasi Dilshod Choriyev Xalqaro sambo federatsiyasining (FIAS) “Antidoping qoidalari”ga muvofiq, 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilingani haqida xabar qilingandi. Jazo muddati 2021 yil 7 maydan boshlab, 2025 yil 6 may kuniga qadar davom etadi va har qanday sport tadbirlari uchun amal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Sambo FIAS Toshkent-2021

Baholaganlar

6

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing