O‘zbekiston Putinning kelishini kutmoqda

Olam

image

O‘zbekiston 2024 yilda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tashrifini kutmoqda. Bu haqda TASS Kremlga tayanib xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 2024 yilda bir nechta xorijiy tashriflarni amalga oshirishi mumkin, davlat rahbariga o‘nlab mamlakatlardan taklifnomalar bor. Kreml hozircha Putin qayerga borishini e’lon qilmagan. Chunki davlat rahbarining amaldagi prezidentlik muddati 2024 yilning may oyida tugaydi.

Rossiya rahbarining o‘zi yaqin kelajakda do‘st mamlakatlarga ehtimoliy tashriflar haqida shunday degan:

“Men buni istisno qilmayman, lekin hozircha hech narsani rejalashtirmaslikka harakat qilaman”.  

Aniqlik kiritilishicha, o‘tgan oylarda Putin Braziliya, Burundi, Vetnam, Iroq, Eron, Shimoliy Koreya, Kuba, Mo‘g‘uliston, Tailand, Turkiya, Ekvatorial Gvineya va boshqa mamlakatlarga tashrif buyurish taklifini olgan.

“Rossiya Federatsiyasi Prezidenti an’anaviy tarzda postsovet hududidagi davlatlarda, jumladan Abxaziya va Janubiy Osetiya, Belarus, Tojikiston va O‘zbekistonda kutilmoqda. Putin barcha qiyinchiliklarga qaramay, Armanistonga tashrif buyurishi mumkinligini tan oldi. Yerevan 2024-yilda Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga (YeOII) raislik qiladi, ammo “beshlik” yetakchilarining qaroriga ko‘ra, tashkilotning o‘ninchi yubiley sammiti may oyida Moskvada bo‘lib o‘tadi”, deb yozmoqda TASS.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin so‘nggi bor O‘zbekistonga 2022 yilning 15 sentyabr kuni Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti doirasida kelgan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing