O‘zbekiston pensiya miqdori bo‘yicha MDH davlatlari orasida oxirgi o‘rinlardan joy oldi
Jamiyat
−
25 iyul 2023
15146Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tarkibiga kiruvchi mamlakatlarning o‘rtacha pensiya miqdori reytingi tuzildi. Ushbu ro‘yxat “Kaktus.media” nashri tomonidan e’lon qilindi.
Ro‘yxatga ko‘ra, eng ko‘p - 270 AQSH dollari miqdoridagi pensiya Qozog‘istonda qayd etilgan. Eng past ko‘rsatkich (27 dollar) esa Tojikistonga tegishli. O‘zbekiston 97 dollar miqdoridagi pensiya puli bilan ro‘yxatning ancha quyi qismi - Turkmaniston va Qirg‘izistonning orasidan joy olgan. Bu ro‘yxatdagi 11 davlat ichida oxiridan 4-o‘rin degani.
97 AQSH dollari o‘zbek so‘mida qariyb 1 million 126 ming so‘mga to‘g‘ri keladi. Bu kuniga taxminan 38 ming so‘mdan ortiq bo‘lmagan xarajatga yetishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz,O‘zbekistonda kambag‘allikning chegarasi yangilandi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023 yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari bir oyda bir kishiga 568 ming so‘mni tashkil qiladi.
Sevara Husniddinova