O‘zbekiston paralimpiadachilari musobaqani 2 ta medal bilan boshladi

Sport

image

Parij shahrida start olgan Paralimpiada o‘yinlarining ayollar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga batterflay usulida suzish bo‘yicha saralash bahslari o‘z nihoyasiga yetdi.

Ushbu masofada kurash olib borgan para suzuvchi Muslima Odilova hal qiluvchi bahsda marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi va delegatsiya hisobiga bronza medalni qo‘shib qo‘ydi.

Bu Muslima Odilova uchun faoliyatidagi ikkinchi Paralimpiya o‘yinlari medali hisoblanadi. Para suzuvchi bundan avval Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham shohsupaga ko‘tarilgan va 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Para taekvondo bahslarida esa ayollar o‘rtasida -47 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Ziyodaxon Isoqova finalda perulik Leonor Anjelika Espinoza Karransaga qarshi dayanga chiqdi.

Murosasiz kechgan bahsda 10:4 hisobida Ziyodaxon imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Isoqova chorak finalda neytral maqomda qatnashgan sportchi Zakiya Xudadadini taslim etgandi. Yarim finalda esa tailandlik Kvansuda Puangkit Isoqovaga mag‘lub bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston paralimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing