Prezident Administratsiyasi 12 yillik paxta boykoti olinganiga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Avvalroq, “Cotton Campaign” koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga boykotni bekor qilgani haqida xabar bergan edik. Mazkur qaror yuzasidan O‘zbekiston Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov munosabat bildirdi.

“Biz “Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasining O‘zbekiston paxtasiga boykotni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorini olqishlaymiz”, deydi Asadov.

Qayd etilishicha, 12 yildan ortiq amal qilgan boykot mamlakatda 2021 yilgi paxta terimi mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmagani munosabati bilan bekor qilingan.

“Bundan ilgariroq Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekiston paxtachiligida tizimli bolalar mehnati va majburiy mehnatga chek qo‘yilganini e’tirof etdi. Bularning barchasi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan inson qadrini ulug‘lash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bundan buyon ham qat’iy davom ettirilishi va ular ortga qaytmasligidan dalolatdir”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, “Cotton Campaign” dastlab 2009 yilda o‘zbek paxtasiga boykot e’lon qilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro mehnat tashkiloti monitoring guruhi 2021 yildagi paxta terimi mavsumida O‘zbekistonda tizimli majburiy mehnat va bolalar mehnati kuzatilmaganini e’lon qilgandi. Tashkilot 11 ming terimchi bilan suhbatlashib, shunday xulosaga kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

paxta

Baholaganlar

335

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing