O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 22 ta oltin bilan yakunladi

Sport

image

Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bu tarixdagi eng yaxshi natija bo‘ldi. Avvalgi eng yaxshi natija 2018 yil Jakartada qayd etilgan.

Shunday qilib, O‘zbekiston umumjamoa hisobida 5 o‘rinni egalladi.

Ushbu Osiyo o‘yinlarining yetakchilari Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya davlatlari bo‘ldi.

Markaziy Osiyo mamlakatlaridan esa Qozog‘iston 11, Qirg‘iziston 18, Tojikiston 24 va Turkmaniston 29 o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo o'yinlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing