O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida nechta sportchi bilan qatnashishi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
11:48 290 2 daqiqa
2026 yilda Yaponiyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 396 nafar sportchi bilan qatnashadi. Bu ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston barcha mamlakatlar orasida ishtirokchilar soni bo‘yicha 11-o‘rinni egalladi.
2026 yilgi Osiyo o‘yinlarida delegatsiyalar tarkibi bo‘yicha eng ko‘p sportchi bilan ishtirok etayotgan 11 ta davlat quyidagicha:
- Yaponiya – 931 nafar sportchi
- Xitoy – 815 nafar
- Janubiy Koreya – 791 nafar
- Tailand – 694 nafar
- Gonkong – 581 nafar
- Qozog‘iston – 558 nafar
- Hindiston – 504 nafar
- Tayvan – 481 nafar
- Filippin – 452 nafar
- Indoneziya – 436 nafar
- O‘zbekiston – 396 nafar.
2023 yilda Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan so‘nggi yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 370 nafar sportchi sportchi bilan ishtirok etgan. O‘zbekistonlik sportchilar musobaqada 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza – jami 71 ta medal bilan umumjamoa hisobida Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagan.
Hukumat qaroriga ko‘ra, 2023 yilgi yozgi Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar 10 ming AQSH dollari, kumush medal sohibi bo‘lganlar 5 ming dollar, bronza medal sohiblari esa 2,5 ming dollar miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlangan edi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Osiyo o‘yinlari Yaponiyaning Ayti prefekturasi va Nagoya shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning rasmiy ochilish marosimi bugun, 19 sentyabr kuniga, yopilish marosimi esa 4 oktyabrga belgilangan. Biroq musobaqa reglamentiga ko‘ra, ayrim jamoaviy sport turlaridagi dastlabki uchrashuvlar rasmiy ochilish marosimidan oldin – 10 sentyabrdan boshlangan.
Live
Barchasi