O‘zbekiston ombudsmani o‘zgarishi kutilyapti – manba
Jamiyat
−
15 yanvar 2021 5379 1 daqiqa
Bugun, 15 yanvar kuni Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘zgarishi kutilyapti. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Manbamiz bergan ma’lumotga ko‘ra, ombudsman Ulug‘bek Muhammadiyev lavozimidan olinib, uning o‘rniga yangi rahbar saylanishi kutilyapti.
Ulug‘bek Muhammadiyev o‘rniga kim kelishi hozircha noma’lum.
Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Muhammadiyev 1971 yilda tug‘ilgan bo‘lib, 1993 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan, siyosiy fanlar nomzodi sanaladi.
U 2015 yilda Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha etib saylangandi.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel