O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi 1 mlrd dollardan ortiqqa kamaydi
Jamiyat
−
22 noyabr 2022
7553O‘zbekiston Respublikasining yalpi xalqaro zaxiralari joriy yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, 32 mlrd 315,5 mln dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan oyga nisbatan 1 mlrd 180,6 mln dollarga kam. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik qoldig‘i 12,8 mln troy unsiyani tashkil qilmoqda va bu o‘tgan nisbatan 0,3 mln troy unsiyaga ko‘p. Uning moliyaviy qiymati 20 mlrd 977 mln dollardan 21 mlrd 6,4 mln dollarga yetgan.
Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (erkin konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) 11 mlrd 502,3 mln dollardan 10 mlrd 289,7 mln dollarga kamaygan.
Xalqaro zaxiralar xorijiy valyuta mablag‘lari, maxsus qarz olish huquqi, Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi zaxira pozitsiyasi va oltindan iborat. Xorij valyutasi, asosan, banklarda saqlanadigan naqd pullarni o‘z ichiga oladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi yalpi xalqaro zaxiralari 2022 yil boshidan 2,82 mlrd. dollarga yoki 8,04 foizga kamaydi. Bunda oltin narxining yil boshidagi 1799,25 dollardan 1638,85 dollargacha pasayishining ta’siri 2,06 mlrd. dollarni tashkil qildi.
LiveBarchasi