O‘zbekiston oltin eksportini keskin ko‘paytirdi
Jamiyat
−
22 mart 2022
15720Joriy yilning fevral oylarida O‘zbekiston oltin eksportini sezilarli orttirdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida aytilgan.
Ikki oy davomida jami 2 mlrd 361,9 mln dollarlik oltin sotilgan. Jumladan yanvar oyida oltin sotishdan 587 mln dollar ishlab olingan bo‘lsa, fevralda bu ko‘rsatkich 1 mlrd 734,6 mln dollargacha o‘sgan.
Oltin 57 foiz ulush bilan O‘zbekistonning asosiy eksport tovariga aylandi, bu esa boshqa tovarlarni sotishning qisqarishiga olib kelgan. Oltindan tashqari yanvar-fevral oylarida 1 mlrd 386 mln dollarli tovarlar va 348,5 mln dollarlik xizmatlar ham eksport qilingan.
Ikki oy davomida O‘zbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasi 8 mlrd 731,3 mln dollarni tashkil qilgan. Shundan 4 mlrd 96,5 mln dollar eksport hissasiga, 4 mlrd 634,9 mln dolar import hissasiga to‘g‘ri kelgan. Saldo -538,4 mln dollar.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi 1 mart holatiga 35 mlrd 360 dollarni tashkil etmoqda. O‘tgan bir oyda mamlakatning xalqaro zaxiralari 935,3 million dollarga o‘sgan.
LiveBarchasi