O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatida qatnashadi

Sport

image

Hozirgina U-23 Osiyo chempionati saralashi doirasidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi va Tojikiston olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. O‘yin nursiz durrang bilan tugadi. 

F guruhida o‘zbekistonliklar 4 ochko to‘plagan holda birinchi pog‘onani qo‘lga kiritgan holda Osiyo chempionatining final bosqichiga yo‘l olishdi. Tojikiston terma jamoasi ham 4 ochko to‘pladi, faqat to‘plar nisbatiga ko‘ra ikkinchi pog‘onadan joylashdi.

O‘zbekiston U-23 - Tojikiston U-23 - 0:0 

26 mart 2019 yil. Toshkent. “Paxtakor” stadioni.

Hakamlar: Xiroyuki Kimura, Takumi Takagi (ikkisi Yaponiya), Abu Bakar Al Amri (Ummon), Xo Vai Sing (Gonkong).

O‘zbekiston: 1.Umidjon Ergashev, 2.Islomjon Qobilov, 3.Xojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullayev, 7.Oston O‘runov, 8.Islom Kenjaboyev, 9.Jasurbek Yaxshiboyev, 11.Mirjahon Mirahmadov, 15.Oybek Rustamov, 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin G‘ofurov.

Tojikiston: 23.Rustam Yatimov, 2.Zoir Jo‘raboyev, 3.Davlatmir Tabrizi, 5.Manuchexr Safarov, 6.Karomatullo Saidov, 7.Muhammadjon Rahimov, 9.Sharafjon Solehov, 10.Sheriddin Boboyev, 13.Alisher Barotov, 17.Ehsoni Panshanbe, 18.Daler Yodgorov.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston O'zbekiston U-23 Osiyo chempionati

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing