O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Fransiyada o‘yin o‘tkazadi
Sport
−
17 may
6338Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Yangi Zelandiya bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar berdi.
Temur Kapadze shogirdlarining zelandiyaliklarga qarshi o‘yini 18 iyul kuni Fransiyaning Nitssa shahrida o‘tkaziladi. Shuningdek, Yangi Zelandiya bilan bahsgacha “oq bo‘rilar” Toshkentda yig‘in o‘tkazib, 7-10 iyun kunlari Mali termasiga qarshi nazorat o‘yinida qatnashadi.
Mazkur o‘yinlar Kapadze shogirdlariga Olimpiada uchun tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Parij-2024 Olimpiya bahslaridagi dastlabki o‘yinini 24 iyul kuni Ispaniyaga qarshi o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Olimpiya terma jamoasi haqida fikr bildirib, U-23 Osiyo kubogi finalida Umarali Rahmonaliyev penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmaganini aytgandi.
LiveBarchasi