O‘zbekiston olimlari COVID-19 ga qarshi bir nechta vaksina ustida ishlayapti – Abdurahmonov
Jamiyat
−
12 Oktabr 2021
4888O‘zbekiston olimlari bir vaqtning o‘zida koronavirusga qarshi bir nechta vaksina ustida ish olib boryapti. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Polit Rossiya” nashri.
“O‘zbekistonda mamlakat rahbariyati tashabbusi va ko‘magida aholini emlash bo‘yicha idoralararo yirik ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, turli mamlakatlar va turli ishlab chiqaruvchilar bilan o‘tgan yilgi lokdaun avjida ham aloqalar o‘rnatila boshlangandi. Emlash kampaniyasini boshlashga kech qolmaslik va fuqarolarni virusdan maksimal himoya qilish favqulodda muhim edi”, degan Ibrohimov.
Vazirga ko‘ra, O‘zbekiston bu borada muvaffaqiyatga erishdi. Avvalgi va hozirgi statistika shundan darak bermoqda.
“Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, yaqinda respublikada eng mashhur o‘zbek-xitoy ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi ishlab chiqariladigan zavodlarda “Sputnik V” ishlab chiqarila boshlandi. Shu bilan birga, bizning olimlarimiz ham Rossiyada, ham butun dunyodagi hamkasblari bilan yaqin muloqotda bo‘lib, bir vaqtning o‘zida koronavirusga qarshi bir nechta mahalliy vaksinalarni ishlab chiqish ustida faol ish olib borishmoqda”, degan Ibrohimov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston xavf guruhiga kiruvchi aholi qatlamlarini koronavirusga qarshi emlash joriy yilning 1 aprelda boshlangan. Emlash ZF-UZ-VAC 2001, “Sputnik V”, Pfizer, Moderna va AstraZeneca vaksinalari bilan amalga oshirilmoqda.
LiveBarchasi