O‘zbekiston MTJning Yaponiyaga qarshi o‘yini bekor qilindi

Sport

image

Yaponiya futbol assotsiatsiyasi koronavirusning “omicron” shtammi tufayli joriy yilning 21 yanvar kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini bekor qildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

“Ma’lumki, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida koronavirusning «omikron» shtammiga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilyapti. Xususan, ayni kunlarda Yaponiyada ham karantin choralari kuchaytirilmoqda. Shu sababli hukumat tavsiyasiga ko‘ra, Yaponiya futbol assotsiatsiyasi 21 yanvar kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvini bekor qilishga majbur bo‘ldi”, deyiladi O‘FA xabarida.

Shuningdek, O‘FA mutaxassislari va O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi ushbu sanada boshqa raqib bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish borasida ish olib borayotgani aytib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, Butunjahon futbol uyushmasi (FIFA) dekabr oyi yakunlariga ko‘ra terma jamoalarning yangilangan reytingi e’lon qilindi va unda O‘zbekiston MTJ 84-pog‘onani egallab turibdi. 

  


Maqola muallifi

Teglar

O'FA Futbol Yaponiya O'zbekiston MTJ

Baholaganlar

24

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing