O‘zbekiston milliy terma jamoasining iyun oyidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Avvalroq, O‘zbekiston milliy terma jamoasining 7 iyun kuni Toshkentda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi ma’lum bo‘lgan edi.
 
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Xalqaro aloqalar departamenti tomonidan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida, O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFA kunlaridagi yana bir raqibi aniqlandi. Unga ko‘ra joriy yilning 11 iyun kuni Toshkentga Umar al-Soma boshchiligidagi Suriya terma jamoasi a’zolari tashrif buyuradigan bo‘lishdi. Bu haqda O‘FA Matbuot xizmati xabar tarqatdi.
 
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning sentyabr oyidan boshlab 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati saralash bahslaridagi ishtirokini boshlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

O'FA

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing