O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi harbiy “derjava” maqomini saqlab qoldi
Jamiyat
−
15 yanvar 2021
16063O‘zbekiston dunyo davlatlarining harbiy salohiyat bo‘yicha reytingidagi o‘rnini biroz yaxshiladi. Global Firepower hisobotidagi ma’lumotlar shundan darak bermoqda.
Reytingga 138 ta mamlakat kiritilgan bo‘lib, O‘zbekistonda 51-pog‘onani egallagan va Markaziy Osiyodagi eng qudratli armiyaligicha qolgan. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan bir pog‘ona yaxshi natija.
MDH davlatlari orasida Rossiya (2-o‘rin), Ukraina (25) va Belarus (50) O‘zbekistonni ortda qoldirgan. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari Qozog‘iston – 62, Turkmaniston – 86, Tojikiston – 99, Qirg‘iziston – 93-o‘rinni egallagan. O‘zbekistonning janubdagi qo‘shnisi Afg‘oniston 75-o‘rinni band qilgan.
Kuchli o‘nlikka AQSH, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Braziliya va Pokiston kirgan.
LiveBarchasi