O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Qonun bilan Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan:

1) 96-moddadagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonunga» degan so‘zlar «qonunga” degan so‘zlar bilan almashtirildi.

2) 117-moddaning:

to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:

“Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etmaydi. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi”;

beshinchi – o‘ninchi qismlari tegishincha oltinchi – o‘n birinchi qismlar deb hisoblansin;

sakkizinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining saylov to‘g‘risidagi hamda referendum to‘g‘risidagi qonunlariga va boshqa qonunlarga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlarga” degan so‘zlar bilan almashtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

saylov Konstitutsiya

Baholaganlar

166

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing