O‘zbekiston Xitoyga yana insonparvarlik yordamini yubordi

Jamiyat

image
Eron Rossiyadan koronavirusga qarshi kurashda yordam so‘radi north_east

Eron Rossiyadan koronavirusga qarshi kurashda yordam so‘radi

Koronavirus: O‘zbekistonning Xitoyga yuborgan yordami nimani anglatadi? (video) north_east

Koronavirus: O‘zbekistonning Xitoyga yuborgan yordami nimani anglatadi? (video)

Bugun, 3 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maxsus farmoniga binoan Xitoy Xalq Respublikasiga insonparvarlik yordami yuborildi.

O‘zbekiston Xitoyning koronavirusga qarshi kurashish va uni bartaraf etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlab, amaliy ko‘mak bermoqda.

Rasmiy Toshkentning qayd etishicha, O‘zbekiston Xitoy Xalq Respublikasi hukumatining yangi turdagi koronavirus (nCoV-2019)ning boshqa mamlakatlarga tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha amaliy harakatlarini yuqori baholaydi. Xitoyning sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash va xavfli pandemiyani bartaraf etishga yordam berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va xalqi nomidan gumanitar yordam yuborildi. 

Joriy yilning 12 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan XXRga insonparvarlik yordamining birinchi yuk samolyoti yuborilgan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda insonparvarlik yordamining ikkinchi bosqichi shakllantirildi. 

Gumanitar yordamga quyidagi tibbiy vositalar kiradi: 

•    bir martalik steril tibbiy rezina qo‘lqoplar;
•    himoya qiluvchi kombinezonlar;
•    yuz uchun filtrlovchi niqoblar;
•    maxsus tibbiy formalar;
•    tibbiy niqoblar;
•    tibbiy doka.

“O‘zbekistondan Xitoyga jo‘natilgan insonparvarlik yuki ikki tomonlama hamkorlikning bugungi yuqori darajasini aks ettiradi. Bu gal respublikamizdagi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi korxonalari tomonidan tayyorlangan maxsus tibbiy kiyimlar, tibbiy niqoblar va tibbiy dokalar jo‘natildi”, deydi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xodimi Samandar Hikmatullayev.

Parvoz O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi maxsus samolyotlarida amalga oshirildi. 

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Virusdan bugungacha 3136 nafar odam halok bo‘ldi. U bilan kasallanganlar soni 92138 nafarga yetdi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi.

Yangi koronavirusga Novel Coronavirus Pneumonia (NCP) nomi berildi. U bugungacha qurbonlar soni bo‘yicha 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

78

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing