Eron Rossiyadan koronavirusga qarshi kurashda yordam so‘radi
Olam
−
03 mart 2020 7994 1 daqiqa
Eron Islom Respublikasi yangi koronavirusga qarshi kurashda rasmiy Moskvadan yordam so‘radi. Bu haqda Eronning Rossiyadagi elchisi Kozim Jaloliy ma’lum qilmoqda.
Bu borada Eron va Rossiya rasmiylari suhbat uyushtirgani aytilmoqda. Rossiya tomoni rasmiy Tehronga "albatta, yordam berishini" aytgan.
"Ha, bu borada suhbat bo‘ldi", dedi elchi OAV savoliga javoban.
Jaloliyning qo‘shimcha qilishicha, Tehron "barcha mamlakatlar, shu jumladan, do‘stona kayfiyatdagi davlatlardan" insonparvarlik yordamini mamnuniyat bilan qabul qiladi. Shuningdek, Eronga Xitoy Xalq Respublikasi ham o‘z yordamini ayamasligini bildirib o‘tdi.
Eron koronavirus yuqtirganlar soni bo‘yicha Xitoy, Janubiy Koreya va Italiyadan keyin to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Mamlakatda hozirgacha 1501 ta kishida koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etildi Ulardan 66 kishi bu kasallik sabab vafot etdi.
Nurulloh Sharipov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025