O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi ma’lum qildi.

Oydin Hojiyeva 1942 yili Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani Bo‘ston qishlog‘ida tug‘ilgan. 1960 yili o‘rta maktabni, 1966 yili Toshkent Davlat universitetining (O‘zMU) filologiya fakultetini tugatgan.

1965-1976 yillarda “Sharq yulduzi” jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, 1976-1985 yillar “Saodat” jurnalida bo‘lim mudiri, 1985-1995 yillarda “Gulxan”, 1995 yildan esa “Saodat” jurnali muharriri lavozimida ishlagan. U 20 dan ortiq she’riy to‘plamlarning muallifidir.
   
Uning birinchi she’riy to‘plami 1970 yilda “Shabnam” nomi bilan chop etilgan. So‘ngra uning 1972 yilda “Men sevgan qo‘shiq”, “Zar kokil qiz va quyosh”, 1975 yilda “Manzillar”, 1977 yilda “Navo”, 1978 yilda “Tarovat”, 1979 yilda “Buvisining o‘z qizi”, 1980 yilda “Dostonlar”, “Tamal toshi”, 1989 yilda “Saylanma”,  1991 yilda “Najot”, “Olisdan kelgan ovoz” kabi ko‘plab she’rlari dunyo yuzini ko‘rgan. 

U tarjimon sifatida Shandor Petefi, A.Mskevich, Ovanes Tumanyan, Fayz Ahmad Fayz, Edi Ognesvet, Rimma Kazakova, Fariza Ungarsinova, Oyjamol Omarova, Gulruxsor, Ibroyim Yusupov, Maryamxon Abulqosimova va boshqa ko‘plab jahon va qardosh xalqlar adabiyoti vakillarining doston, ballada va turkum she’rlarini o‘zbekchaga o‘girgan. 

U 1992 yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” faxriy unvoni, 1975 yilda Yoshlar Ittifoqi mukofoti sovrindori, 1999 yilda esa O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi, “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Oydin Hojieva shoira

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing