O‘zbekiston xalqi Mustaqillik kuni necha kun dam oladi?
Jamiyat
−
16 avgust 2019
16192Mustaqillik kuni munosabati bilan O‘zbekiston aholisi to‘rt kun dam oladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, haftada 5 kun ishlaydigan fuqarolar 31 avgustdan 3 sentyabrga qadar dam oladi. Haftasiga 6 kun ishlaydigan o‘zbekistonliklar esa 1 sentyabrdan 3 sentyabrga qadar dam olishadi.
Dam olish kunlari qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar (31 avgust) va 7 sentyabrdagi (shanba) dam olish kunini 3 sentyabrga ko‘chirish hisobiga tashkil etiladi.
LiveBarchasi