O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov 77 yoshda vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Nuriddin Hamroqulov 1946 yilning 18 iyun kuni Andijon viloyatida tug‘ilgan. U 1973 yilda Toshkent teatr va rassomlik san’ati instituti (hozirgi San’at va madaniyat instituti)ni tamomlagan. 1967 yildan Andijon teatrida, keyinchalik viloyat filarmoniyasi kabi ijodiy jamoalarda faoliyat yuritgan. 1987 yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan bo‘lsa, 2020 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.

Xonandaning repertuaridan “Samarqand ushshog‘i”, “Toshkent irog‘i” kabi ko‘plab mumtoz qo‘shiqlardan tortib, “Olamni asrang”, “Ra’no”, “Soy ko‘rdim”, “Shirinliging”, “Kuldi bahorim”, “Turnalar”, “Ajab sirlar” kabi betakror qo‘shiqlari muxlislar qalbidan chuqur joy egallagan. 

Shuningdek, Madaniyat vazirligi o‘z xabarida marhumning oila a’zolari va muxlislariga hamdardlik bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

xalq artisti Nuriddin Hamroqulov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing