O‘zbekiston xalqaro reytingda avtoritarizm kuchaygan davlatlar qatoridan joy oldi
Jamiyat
−
25 may 2023
18082Demokratiya va inson huquqlari bo‘yicha Freedom House xalqaro tashkilotining yangi reytingida Markaziy Osiyoning barcha beshta davlati “avtoritarizm kuchaygan” davlatlar qatoridan joy oldi. Bu haqda tashkilot saytida keltirilgan.
Reyting mualliflariga ko‘ra, ro‘yxatdagi Belarus, Ozarbayjon, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlarining hukumatlari har qanday davlatning aholining jismoniy xavfsizligini himoya qilish bo‘yicha asosiy majburiyatidan voz kechib, ko‘plab fuqarolarning hayoti va xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solmoqda.
Shuningdek, reytingda ko‘rishimiz mumkinki, O‘zbekistonning demokratiya darajasi Rossiya va Belarus kabi davlatlardan yuqoriroq darajada qayd etilgan. Ammo bu reytingda O‘zbekiston Qozog‘iston va Qirg‘iziston kabi davlatlardan orqada qolgan.
Reytingda 29 davlatdan sakkiztasi eng yomon “o‘rnashib qolgan avtoritar” toifasida qolgan.
Freedom House yillik hisobotida Yevropa, Bolqon va Yevroosiyodagi sobiq kommunistik lager mamlakatlaridagi demokratiya darajasini baholaydi.
Vaziyat milliy demokratik boshqaruv, saylov jarayoni, fuqarolik jamiyati, mustaqil ommaviy axborot vositalari, mahalliy demokratik boshqaruv va korrupsiya kabi toifalarda baholanadi. Har bir toifa 1 dan 7 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha baholanadi, o‘rtacha 7 ball eng yuqori va 1 eng past hisoblanadi.
LiveBarchasi