O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
30 sentabr 2023 10107 1 daqiqa
Kecha, 29 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, Uyg‘un To‘lqinovich G‘afurov O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Uyg‘un G‘afurov tayinlovga qadar O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, Toshkent islom instituti rektori lavozimlarida faoliyat yuritgan. U tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 25 maydagi maxsus topshirig‘i va tegishli qaroriga asosan davlat rahbarining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov bir vaqtda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori vazifasini bajarib kelayotgan edi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust