O‘zbekiston Kanadada Bosh konsullik ochishi mumkin
Jamiyat
−
09 yanvar
894O‘zbekiston Kanada, Braziliya va Amerika qit’asining boshqa davlatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan 2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida so‘z boradi.
2025 yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, Kanadada O‘zbekistonning Bosh konsulxonasini ochish taklif etilmoqda. Ushbu mamlakat, shuningdek, Braziliya va Kuba bilan siyosiy maslahatlashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Loyiha Kanada, Braziliya, Argentina va boshqa mamlakatlarning kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish orqali qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va iqtisodiy tadbirlarni tashkil etishni nazarda tutadi. O‘zbekiston Kuba bilan sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalarida hamkorlikni kengaytirishi mumkin.
Shu bilan birga, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi rivojlangan Lotin Amerikasi mamlakatlarining tegishli vazirliklari va davlat organlari bilan hamkorlik o‘rnatishi va tajriba almashishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, mazkur davlat dasturida O‘zbekiston AQSHning yangi ma’muriyati vakillari bilan sheriklikni kuchaytirish ham nazarda tutilgani xabar qilingandi.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva
LiveBarchasi