O‘zbekiston Qo‘shtepa kanali bo‘yicha “Tolibon” bilan hamkorlik qilishga tayyor – OAV

Jamiyat

image

O‘zbekiston Amudaryo havzasida qurilayotgan Qo‘shtepa kanali bo‘yicha "Tolibon" bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda "Sputnik Afg‘oniston" xabar  berdi

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov "Tolibon" Bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mulla Abdug‘ani Barodar bilan uchrashuvda bu haqda ma’lum qilgan. O‘zbekiston tomoni Afg‘onistonning Amudaryo suvlariga bo‘lgan huquqini tan olish va unga kanalning barcha afzalliklaridan foydalanish uchun texnik yordam ko‘rsatish istagini bildirgan. 

Bunga javoban "Tolibon" vakili loyiha bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qilib, uning vositasida  ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga umid qilayotganini aytgan. 

Avvalroq bir qancha ekspertlar tomonidan ushbu kanal O‘zbekiston va Turkmanistonning katta qismida suv taqchilligini keltirib chiqarib, bu mamlakatlarda qishloq xo‘jaligini og‘ir ahvolga solib qo‘yishi va katta ehtimol bilan "Tolibon" va O‘zbekiston o‘rtasida ixtiloflarga sabab bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilingandi. 

Ma’lumot uchun, ushbu kanal uzunligi 280 kilometr, chuqurligi 8,5 metr va kengligi 100 metr bo‘lib, soniyasiga 650 metr/kub suv o‘tkazish imkoniyatiga ega. "Tolibon" hukumati o‘tgan yil uning qurishi uchun 77 million dollar sarflagan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tolibon Amudaryo Qo'shtepa kanali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing