O‘zbekiston Qo‘shilmaslik harakatiga raislik qiladi

Jamiyat

image

Bugun, 5 iyul kuni Ozarbayjon poytaxti Bakuda Qo‘shilmaslik Harakati Muvofiqlashtiruvchi byurosining vazirlar yig‘ilishida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Day.az” xabar berdi.

 “Qo‘shilmaslik harakati: yuzaga kelayotgan muammolarga qarshi turishda birdam va mustahkam” mavzusidagi yig‘ilishda 93 davlat va 11 ta xalqaro tashkilot delegatsiyalari qatnashgan.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov Qo‘shilmaslik harakati muvofiqlashtiruvchi byurosi vazirlari yig‘ilishi ishtirokchilarini qutlab, tadbirni ochiq deb e’lon qilgan. Dastlab, 2019 yildan hozirgacha vafot etgan Qo‘shilmaslik Harakatiga a’zo mamlakatlar rahbarlari xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlangan.

Vazir Bayramovning aytishicha, Kampala sammitiga tayyorgarlik doirasidagi vazirlar yig‘ilishi 2019 yilda Bakuda bo‘lib o‘tgan Qo‘shilmaslik harakati sammitidan keyin erishilgan yutuqlarni ko‘rib chiqish imkoniyatini yaratgan. 

“Biz turli chaqiriqlar bo‘yicha yagona pozitsiya va qarashlarni bildirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz”, degan Ozorbayjon TIV rahbari.

Tadbirda Ozarbayjon Prezidenti, Qo‘shilmaslik harakati raisi Ilhom Aliyev ham so‘z olgan.

Shuningdek, mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ham qatnashgan. Saidov yig‘ilishdan so‘ng o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida O‘zbekistonning 2027-2029 yillarda Qo‘shilmaslik harakati raisligiga nomzodini qo‘llab-quvvatlagani uchun barcha a’zolarga minnatdorlik bildirgan.

Qo‘shilmaslik harakati 120 ta davlatni birlashtirgan bo‘lib, unda 17 ta davlat va 10 ta xalqaro tashkilot kuzatuvchi maqomiga ega. Harakatning 2019 yil 25-26 oktyabr kunlari Baku shahrida bo‘lib o‘tgan sammitidan so‘ng, Ozarbayjon 2019-2022 yillarda unga raislikni qabul qildi. Keyinchalik mamlakat raisligi yana bir yilga uzaytirildi. O‘zbekiston ham ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qo'shilmaslik harakati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing