O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi o‘zgartirildi
Jamiyat
−
11 mart 2021 11658 2 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-5010-son qaror imzolandi.
Quyidagi hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:
• Prezidentning 23.08.2017 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3234-son qaroriga 1-ilova, 2-ilova (1);
• O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom (25.12.2018 yildagi PQ-4076-son qaror bilan tasdiqlangan) (2);
• Prezidentning 28.06.2019 yildagi “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4375-son qaroriga 1-ilova, 3-ilova.
Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibi hamda Mudofaa vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hokimliklari huzuridagi Jamoatchilik kengashining hududiy bo‘linmalari namunaviy tarkibi yangilandi (1).
Nizomning (2) 4-bandiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlari huzurida hududiy tibbiy komissiyalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yig‘ish punktlarida harbiy-tibbiy komissiyalar tashkil etiladi.
Shuningdek aniqlashtirilishicha, yig‘ish punktlaridagi harbiy-tibbiy komissiyalar va hududiy tibbiy komissiyalar o‘z faoliyatini Prezidentning 6.03.2020 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4630-son qaroriga, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Boshqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritilgan
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025