Rossiyada tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan migrantlar jazolanishi mumkin

Olam

image

Rossiyada majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlayotgan mehnat migrantlarini javobgarlikka tortish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin ma’lum qildi. 

Rossiyaga uch oydan ortiq muddatga borgan xorijiy fuqarolar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddati 90 kundan 30 kungacha qisqartiriladi. Tibbiy muassasalar ko‘rik natijalarini Rossiya Ichki ishlar vazirligiga, yuqumli kasalliklar aniqlangan taqdirda esa Rospotrebnadzorga taqdim etishi shart bo‘ladi. Bu choralar qoidabuzarliklar aniqlangan hollarda migrantlarni tezkor ravishda deportatsiya qilishga qaratilgan.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlaganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi rejalashtirilmoqda – jarima solinishi va sud qarori bilan mamlakatdan chiqarib yuborish ehtimoli mavjud.

Migrantlarning sog‘lig‘i haqidagi hujjatlarni soxtalashtirish esa jinoyat deb baholanadi. Vyacheslav Volodinning aytishicha, ushbu choralar migrantlar ustidan nazoratni kuchaytirish va jamoat xavfsizligini oshirishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada 2027 yil oxirigacha xorijiy fuqarolarning mamlakat ichidagi harakatlanishini nazorat qiluvchi yangi axborot tizimi yaratilishi, 2026 yilda esa xorijiy fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish tizimi ishga tushirilishi rejalashtirilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant tibbiy ko'rik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing