O‘zbekiston Qozog‘istondan 35 ming tonna neft oladi

Jamiyat

image

Qozog‘istondagi “KazTransOil” aksiyadorlik jamiyati bugun, 15 dekabr kuni qo‘shni davlatlarga neft tashish hajmini oshirganini ma’lum qildi.  

“KazTransOil” AJ joriy yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi yo‘nalishida neft tranziti qayta tiklanganini, shuningdek, Qirg‘iz Respublikasiga neft yetkazib berish hajmlarini oshirganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, joriy yil dekabr oyida O‘zbekistonga neft tranziti 35 ming tonna hajmda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Qirg‘izistonga neft yetkazib berish joriy yil noyabr oyida qayta boshlangan. Bunga qadar ushbu yo‘nalishda neft tashish oxirgi marta 2017 yilda amalga oshirilgan edi. “KazTransOil” 2025 yil oxirigacha Qirg‘izistonga 30 ming tonnagacha neft yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

Ikki yo‘nalish bo‘yicha neft yetkazib berishning umumiy hajmi 65 ming tonnagacha bo‘lib, shundan 55 ming tonnasi joriy oy hissasiga to‘g‘ri keladi.

Neft barcha yo‘nalishlar bo‘yicha “KazTransOil” magistral neft quvurlari tizimi orqali “Shag‘ir” neft quyish punktigacha yetkaziladi. U yerda neft temiryo‘l sisternalariga quyiladi.

Qayd etilishicha, neft tashishdagi ijobiy dinamika xalqaro hamkorlar bilan samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlik natijasida ta’minlangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qozog‘iston Yevropaga neft yetkazib berishni oshirishi haqida xabar berilgandi. 2025 yilning oktyabrida “KazTransOil” aksiyadorlik jamiyati “Transneft”ning magistral neft quvurlari tizimiga Germaniya yo‘nalishidagi “Adamova zastava” neft qabul nuqtasi orqali 225 ming tonna qozoq neftini jo‘natdi.  


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston neft'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing